FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat texnika universitetida 30 iyul – Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan “Do‘stlik festivali” o‘tkazildi.
Oliy ta’lim muassasasida bugungi kunda 10 ga yaqin millat va elat vakili tahsil oladi. Ta’lim jarayonda talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikma berish bilan birga, do‘stlik, hamjihatlik hamda bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bu borada muntazam tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
[gallery-24551]
“Yoshlar birligi va bunyodkorligi uchun” shiori ostidagi navbatdagi ana shunday festival birlik, do‘stlik va o‘zaro hurmatning chin timsoli bo‘ldi. Tadbir davomida turli millat vakillari bo‘lgan talabalar o‘z madaniyati, urf-odati, kuy-qo‘shiqlari va milliy raqslari bilan do‘stlik ruhi va yurt tinchligini yuksak darajada ulug‘ladi.
Sahnada turli tillarda aytilgan ezgu tilaklar, teatrlashtirilgan ko‘rinishlar, madaniy chiqishlar va ijodiy sahnalar yoshlar qalbidagi samimiyat va mehrni ifodaladi.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA