Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida yoshlar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy xilma-xillikni yanada mustahkamlash, talabalar o‘rtasida hamjihatlik va bag‘rikenglikni targ‘ib qilish maqsadida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz!” shiori ostida “Biz – bir oila farzandlarimiz” mavzusidagi millatlararo totuvlik va do‘stlik festivali tashkil etildi.
Tadbirda taniqli hunarmandlar, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Festivalda faxriy pedagog, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Begdulla Sultanov, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov va boshqalar so‘zga chiqib, hozirgi globallashuv davrida millatlararo totuvlik, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik munosabatlari jamiyatimiz va davlatimizning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlardan biri ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbir doirasida yurtimizda millatlararo do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilishda alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan institutning birinchi prorektori Quvondiq Qodirov va Aniq fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratovlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
“To‘maris” xalq ansambli va iqtidorli talabalar ijrosidagi konsert dasturi bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri