Mana bir oydirki yurtimiz bo‘ylab Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida turli festivallar, ijodiy kechalar o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida kutubxonaning katta majlislar zalida "Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida yosh va professional shoirlar o‘rtasida mushoira bo‘lib o‘tdi. Ijodiy kecha haqiqiy bayramga aylanib, ustoz ijodkorlar va yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.
Hayotda har bir insonning ezgu orzulari bo‘ladi. Ayniqsa, ozod va obod Vatanda o‘sayotgan, qalbi pok his-tuyg‘ular bilan to‘lgan yoshlarning orzulari bir olam. Bu kabi o‘tkazilayotgan mushoira kechalari yosh ijodkorlar uchun o‘ziga xos jonli maktab vazifasini o‘taydi. Tadbir davomida yurt madhi, samimiy tuyg‘ular, mehr-muhabbat bilan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar har bir ishtirokchining yuragidan joy oldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7GxITTXbL4A" title="ʻBiz bir boʻlsak– yagona xalqmiz, birlashsak– Vatanmiz!ʻ shiori ostida mushoira kechasi boʻlib oʻtdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA