Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitta hujjat bilan 46 ta tashkilotning 600 ga yaqin idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirish kirildi
13:15 / 2021-07-30

«Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun yangidan qabul qilinganligi munosabati bilan boshqa qonunchilik hujjatlari singari vazirlik va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlariga ham ushbu Qonundan kelib chiquvchi o‘zgartirishlar kiritish zarurati paydo bo‘lgan edi.

Jumladan mazkur Qonunning qabul qilinishi amaldagi 800 ta idoraviy hujjatga yoki bugungi kunda amalda bo‘lgan jami idoraviy hujjatlarning

64 foizga o‘zgartirish kiritilishini taqozo etdi.

Shu sababli, qonunchilikning o‘zaro muvofiq holatda bo‘lishini o‘z vaqtida sifatli ta’minlash, qolaversa ortiqcha ovoragarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik vaqt hamda resurslar sarfining oldini olish va albatta davlat organlari xodimlariga bu borada yengillik yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yuqoridagi hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi 2 ta hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu hujjatlardan biri kuni kecha davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

va bu orqali 46 ta vazirlik va idoraning amaldagi 569 ta idoraviy hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilib, «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiqlashtirildi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 19 maydagi PF-5997-son Farmoni bilan Adliya vazirligiga amaldagi barcha idoraviy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilgan bo‘lib, ushbu o‘zgartirishlar aynan bir xil masalada va texnik ko‘rinishda bo‘lishi lozim.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda vazirlik tomonidan yana 230 ta idoraviy hujjatga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi ikkinchi hujjat loyihasini ham qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

 

Adliya vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi