French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitkoin, mayning va Markaziy Osiyo elektr tarmoqlaridagi "blekaut" - uzilish
19:38 / 2022-01-29

Mo‘’jazgina bu “luqma” (maqola)ni yozishga yaqindagina Markaziy Osiyo elektr tarmoqlarida yuz bergan uzilish, elektr toki kelishi to‘xtab qolishi sabab bo‘ldi.

 Guvohi bo‘ldik – ko‘cha-ko‘yda, ko‘p qavatli turar joy binolarida, xususiy xonadonlarda elektr chirog‘i o‘chdi, issiqlik elektr markazlari aholiga issiq suv, bug‘ berolmay qoldi. Xonalar sovidi, temir, po‘lat, cho‘yan eritilishi to‘xtadi. Svetoforlar o‘chib, avtomashinalar boshqaruvi izdan chiqdi. Kompyuter, internet, telefon ishlamadi...

Gapirsak, gap ko‘p. Qisqasi, hammasiga o‘zimiz guvoh bo‘ldik

Markaziy Osiyo tarixida bunday hol birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Holatning asl sababi nimada, buni avvaldan bilish, oldini olish mumkinmidi, degan haqli savollar paydo bo‘ladi. Bu masala jurnalist sifatida meni ham, albatta, qiziqtirdi.

Energetika inqirozi natijasida sodir bo‘lgan vaziyatga tushib qolmaslik, noqulay vaziyattdan zudlik bilan chiqib ketish yo‘li, imkoni bormi? Yirik mutaxassis, fizika fanlari nazariyotchisi "Geoenergetika” portali bosh muharriri Boris Marsinkevich “Sputnik” agentligiga bergan axborotida, jumladan, shunday mazmunda yozadi: Vaziyat taqozosi bilan bu yil Qozog‘iston isitish mavsumini Rossiyadan energiya olib boshlashga majbur bo‘ldi. Bunga aholi, iste’molchining elektr energiyasiga talabi oshishi hamda Xitoydan ommaviy ravishda maynerlar kirib kelishi sabab bo‘ldi.

Xo‘sh, maynerlar kim, umuman “mayning” qanday tushuncha? Vikipediya elektron ensiklopediyasiga qaraymiz: “mayning” - qazib oluvchi, yangi tizim yaratuvchi, odmiroq aytganda, yo‘qdan bor qiluvchi, degani. Ensiklopediyaning shu maqolasida muhim va qiziq bir faktga ham duch keldik. Gap shundaki, bu maqola Markaziy Osiyo qorong‘ilikka cho‘mishidan, bugungi til bilan aytganda "blekaut"ga uchrashdan ancha oldin hisob-kitob qilinib, aytilib, yozib qo‘yilgan ekan. Keling, shu axborot bilan tanishaylik.

“Sputnik” agentligi muxbiri Aleksey Stefanovning 26 yanvar kuni, voqea sodir bo‘lganining ertasiga e’lon qilingan maqolasida shunday satrlarni o‘qiymiz: “2015 yil boshida elektron pul - Bitkoin yaratish faoliyati bilan band bo‘lgan jahon mayninglari yiliga kamida 1,46 TVts (Teravatt-soat - 109 kilovatt-soatga teng o‘lchov birligi) elektr quvvati iste’mol qilishi ma’lum bo‘lgan edi. Bu o‘rta hisobda 160 MVt (megavatt) degani. 2017 yilda esa bitkoinning birgina to‘la tranzaksiyasini tayyorlash uchun o‘rtacha 163 kilovatt-soat elektr energiyasi zarur bo‘ldi. Hisob-kitobga qaraganda “Bitcoin” bilan “Ethereum tarmog‘ida kriptovalyuta mayningi uchun jami Suriya, Kipr, Kamboja yoki Bruney davlatlari iste’mol qiladigan hajmdan ham ko‘proq elektr quvvati sarf bo‘ladi, - deyiladi mutaxassis maqolasida.

Xitoy, Yaponiya, Ekvador, Niderlandiya, Qozog‘iston, Rossiyada hukumat darajasida yoki markaziy bank tomonidan o‘z milliy raqamli valyutasini chiqarish rejasi ma’lum qilingan. Shu o‘rinda niderlandliyalik iqtisodchi Aleks de Vricning bir fikrini keltirish joiz. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, 2018 yil may oyida bitkoin, mayning va boshqa kriptovalyutalar butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 0,5 foizini iste’mol qilgan. Bu Yevropadagi butun bir davlatning energiya byudjetiga teng miqdordagi elektr quvvati demak.

Ayrim olimlar mayningga sarf bo‘ladigan elektr quvvati ortib, bitkoindan foydalanish keng ko‘lamda rivoj topishi 30 yildan keyin sayyoramiz tabiatiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ob-havo harorati Selsiy shkalasi bo‘yicha o‘rtacha 2 daraja ko‘tarilishiga olib keladi, deyishmoqda.

Jahonda bunga qarshi choralar ko‘rilmoqda. 2021 yil Xitoyning turli provinsiyalarida elektr tarmoqlari uzilishga yo‘l qo‘ymaslik uchun markazlashtirilgan mayning ishlab chiqarish ta’qiqlandi. Shu yil iyul oyi o‘rtalariga borib Xitoydagi mayning-kompaniyalarning 90 foizi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Natijada 2021 yil may oyiga qaraganda dunyo bo‘yicha bitkoin ishlab chiqarish 45 foiz kamaygan.

2018 yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi kriptovalyuta mayningi ishlab chiqarilishi va elektr tarmog‘iga tushadigan iste’mol yuki ortishi natijasida Rossiya elektr tarmoqlarida uzilish (avariyalar) ko‘payishiga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida rasmiy hujjat tarqatilgan edi. Sababi bugungi elektr tarmoqlari bunday yukni ko‘tarishga mo‘ljallangan emas.

Bir narsa deyish qiyin... buning uchun, avvalambor, mutaxassis bo‘lish kerak. Ehtimol, yuqorida keltirilgan mulohazalarda ham jon bordir?!

Energetika vazirligi mas’ullari, olimlar, bitkoin bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar nima der ekan???

I.Abduxoliqov, O‘zA sharhlovchisi