French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga diplom topshirildi
15:03 / 2015-07-03

Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi Uchqo‘rg‘on akademik litseyida ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan 129 nafar bitiruvchiga diplom topshirildi.

Namangan muhandislik-pedagogika instituti qoshidagi Uchqo‘rg‘on akademik litseyida ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan 129 nafar bitiruvchiga diplom topshirildi.

Ta’lim maskanida o‘quvchilarga aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy tillar yo‘nalishlarida saboq beriladi. Zamon talablari asosida jihozlangan o‘quv-laboratoriya va komputer xonalarida barcha sharoitlar mavjud.

–Litseyda olgan bilimlarim oliy o‘quv yurtida o‘qishni davom ettirishim uchun mustahkam zamin bo‘lishiga ishonaman, – deydi ta’lim maskani bitiruvchisi Dilorom Sodiqova. – Biz, yoshlarga mana shunday sharoit va imkoniyatlar yaratib berayotgan Vatanim taraqqiyoti yo‘lida o‘qish, izlanish va kelajakda yetuk muhandis bo‘lishni maqsad qilganman.