Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi
14:27 / 2025-11-04

Prezidentimizning 2025 yil 3 noyabrdagi 328-son qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Yangi tartibga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 2 yillik imtiyozli davr bilan, 7 yil muddatgacha 5 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi.

Kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada beriladi.

Har bir 1 milliard so‘mlik kredit uchun tadbirkor kamida 1 nafar bitiruvchini ishga qabul qilishi shart.

Imtiyozli kreditlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish, asosiy vositalar sotib olish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladi.

Agar tadbirkor imtiyozli kredit asosida ishga olgan bitiruvchi bilan mehnat shartnomasini 2 yil ichida bekor qilsa, kredit foizi tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi. Biroq, 1 oy ichida boshqa bitiruvchi ishga qabul qilinsa, bu qoida qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, bitiruvchilar o‘rtasida eng yaxshi startap va innovatsion loyihalar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblariga kamida 2 nafar bitiruvchini ishga olish sharti bilan 1 milliard so‘mgacha grant ajratiladi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA