Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi
05:58 / 2023-06-16

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Chust tumani madaniyat markazida “Hokim va yoshlar”  uchrashuvi doirasida umumta’lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Joriy yilda tumandagi 77 ta umumta’lim maktabini 2723 nafar o‘quvchi bitirdi. Ular orasida eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 102 nafar o‘quvchi oltin va kumush medal sohibi bo‘lgani yanada quvonarli.

[gallery-12364]

Tadbirni ochib bergan tuman hokimi B. Hamdamov bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan qutlab, ular mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va rag‘batdan foydalangan puxta bilim egallashi, katta hayot yo‘lida mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mehnat qilishi lozimligini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng tuman hokimi va sektorlar rahbarlari tomonidan 80 nafar o‘quvchiga oltin va 22 nafariga kumush medallar tantanali tarzda topshirildi.  

 

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA