Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga ezgu tilaklar bildirildi
20:36 / 2021-05-25

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Al-Hakim at-Termiziy nomidagi 1-sonli viloyat yosh fizik-matematiklar maktab-internatida ham erta tongdan so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi.

Bitiruvchilar xotirasida unutilmas sahifa sifatida muhrlanadigan ushbu “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga ta’lim muassasasida katta tayyorgarlik ko‘rildi. Shu bilan birga, tadbirni ochiq maydonda, karantin talablariga mos holda tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi.

[gallery-2537]

Yakuniga yetgan mazkur o‘quv yili sarhisobi sifatida a’lo baholarga o‘qigan va namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.

Bayram tantanasining bosh qahramonlari – bitiruvchilarga ustozlari, ota-onalari tomonidan ezgu tilaklar bildirildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA