Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
15:21 / 2025-07-14

FOTOREPORTAJ

Andijon shahridagi mediata’lim texnikumida  “Xizmatingga tayyormiz — jonajon Vatan!” shiori ostida bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ma’naviy-ma’rifiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Madazimov, ta’lim muassasalari rahbarlari, hamkor tashkilotlar vakillari,  ota-onalar ishtirok etdi.

Ta’kidlanishicha, texnikumda hozirgi kunda zamonaviy ta’lim talablariga mos holda yo‘nalishlar - maktabgacha ta’lim, sport faoliyati, musiqa nazariyasi, kutubxonashunoslik hamda kompyuter-injiniringi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

[gallery-24299]

2024/2025 o‘quv yilida mazkur texnikumning kunduzgi ta’lim shaklini 72 nafar talaba muvaffaqiyatli bitirdi.

Ta’limda amaliyotga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida bu yilgi bitiruvchilarning 73 foizi allaqachon o‘z ish o‘rniga ega bo‘lib, tegishli tashkilotlarda mehnat faoliyatini boshlab yubordi. Shuningdek, 24 nafar bitiruvchi  o‘qigan yo‘nalishi bo‘yicha imtiyozli ravishda oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ldi.

- Bugungi tadbir faqatgina diplom topshirish marosimigina emas, balki Vatan ravnaqiga xizmat qilishga tayyor yosh mutaxassislarning tantanasi, - dedi texnikum direktori Xurshida Alijonova. - Biz bitiruvchilarimiz bilan faxrlanamiz va ularga katta ishonch bildiramiz.

Tadbir davomida texnikumda dual ta’lim tizimi va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritilib, uzoq yillardan beri texnikum bilan hamkorlik qilib kelayotgan qator tashkilotlar mas’ullari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

“Musiqa nazariyasi” yo‘nalishida tahsil olayotgan dual ta’lim talabalari tomonidan kuy-qo‘shiq, raqs va turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbirda yil davomida o‘z sohasida yuqori natijalarga erishgan, faoliyatda namunali bo‘lgan ustoz va xodimlar taqdirlandi.

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA