Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
18:03 / 2025-07-10

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat universitetida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchi!” tadbiri o‘tkazildi. Unda bakalavr va magistratura ta’lim bosqichida tahsil olgan bitiruvchilar, ularning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori Abduqodir Toshqulov so‘zga chiqib, barcha bitiruvchi yoshlarni tabrikladi va kelgusi ishlarida ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

[gallery-24259]

Joriy o‘quv yilida universitet bakalavriatining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlarini 1 ming 854 nafar, sirtqi ta’lim yo‘nalishini 2 ming 841 nafar talaba, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 154 nafar magistrant tamomladi. Ular orasidan minglab talaba-yoshlar tegishli ish beruvchilar bilan uch tomonlama shartnoma tuzish orqali ish o‘rinlariga yo‘llanma oldi.

Tadbirda bakalavr va magistr bitiruvchilarga diplomlar tantanali tarzda topshirildi. O‘quv yili davomida ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishgan, shu bilan birga, turli respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari, institut miqyosida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari va ularning ota-onalariga sovg‘alar, tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA