French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi
21:33 / 2022-08-05

Toshkent kimyo-texnologiya institutida «Yangi O‘zbekistonning ilm-ma’rifatli, ishonchli yoshlari: Bitiruvchi – 2022» shiori ostida bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilda institutni 27 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 701 nafar bakalavr va 324 nafar magistr tamomladi. Hozirda bitiruvchilarning 583 nafari ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning 61 nafari institutning o‘zida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda talabalar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, ishlab chiqarish korxonalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mazkur institut rektori, professor B.Usmonov yoshlarning har tomonlama chuqur bilim olishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilayotganini ta’kidladi.

Darhaqiqat, kelgusida «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali nufuzli xorijiy oliygohlarning magistratura va doktoranturasida o‘qishga yuboriladigan yoshlar safi tobora kengayayotgani, oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari kamida 25 foizga oshirilganligi, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilganligi oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlardan sanaladi.

– Institutni tamomlab magistr darajasiga erishganimdan behad mamnunman, – dedi oliygoh bitiruvchisi O‘tkir Safarov. – Ikki yillik ilmiy izlanishlarim davomida bir qancha yutuqlarga erishdim, xalqaro loyihalar va grantlarda ishtirok etib o‘z bilim va ko‘nikmalarimni oshirdim. Xalqaro til sertifikatiga ega bo‘ldim. Endi esa hujjatlarimni tayanch doktoranturaga topshirib ilmiy izlanishlarimni davom ettirmoqchiman. Mening shu darajaga yetishishimga, qator muvaffaqiyatlarga erishishimda ustozlarimning xizmati juda katta.

Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda ijodkor yoshlar ishtirokida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

N.Usmonova, O‘zA muxbiri