Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilarga diplom topshirildi
16:51 / 2015-07-07

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqa va drama teatrida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqa va drama teatrida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.

Davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, o‘qituvchi va o‘quvchi-yoshlar, ota-onalar ishtirok etgan tadbirda o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi dargohlari bitiruvchilariga mutaxassislik diplomi tantanali ravishda topshirildi. Ayniqsa, iqtidorli bitiruvchilarning fan olimpiadalari, nufuzli sport musobaqalari, ko‘rik-tanlov va festivallarda erishgan muvaffaqiyatlari alohida e’tirof etildi. Tadbir taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning konsert dasturi bilan yakunlandi.