Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
11:54 / 2025-11-25

Jizzax politexnika institutida Paxtakor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbir yoshlarga oliy ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish va kelajak kasblari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.

Tadbir davomida yoshlar fakultetlar tarkibi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi va talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Shu bilan birga, institutdagi zamonaviy laboratoriyalar, yangi texnologiyalar bilan jihozlangan auditoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ularda katta taassurot qoldirdi. Bu yoshlar uchun  nafaqat bilim olish, balki amaliy ko‘nikmalarni kuzatish imkoniyati ham edi.

Ilg‘or muhandislik maktabi va Muqobil energiya manbalarini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati ham tadbirning muhim qismi bo‘ldi. Muzokaralar davomida o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar haqida savollar berishib, amaliyotchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javoblar olishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — bitiruvchi yoshlarning kelajak kasb tanloviga ko‘maklashish, ularni oliy ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirish va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat edi.  

A.Qayumov, O‘zA muxbiri