French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi
17:28 / 2024-06-24

FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi hamkorligida navbatdagi “Bo‘sh  ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan korxonalar va muassasalar haqida taqdimot qilinib, mavjud  bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida yangi xalqaro loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston – Yaponiya texnologiya universiteti ish boshlashi va 280 ta yangi ish o‘rni tashkil etilishi hamda ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.  

[gallery-17966]

Tadbirda 500 ga yaqin bitiruvchi ishtirok etdi. Ularning bir nechtasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha suhbat asosida ishga qabul qilindi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA