Bitiruvchilar uchun mehnat yarmarkasi
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Karera kunlari – 2016” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Namangan muhandislik-texnologiya institutida “Karera kunlari – 2016” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.Namangan shahar bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 60 dan ziyod korxona, tashkilot va muassasa mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
– Bu yil o‘quv yurtimizni 500 dan ziyod yosh mutaxassis o‘n bir yo‘nalish bo‘yicha tamomlaydi, - deydi institutning marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i Barkamol Ibrohimov. – Yarmarkada talabalar taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoiti, ishga joylashish uchun qo‘yiladigan malaka talablari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Tadbirda ish beruvchi va yoshlar o‘rtasida 150 dan ziyod shartnoma imzolandi.