English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar munosib taqdirlandi
19:26 / 2023-05-25

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat to‘rtinchi sektor rahbari Alisher Boyxonov o‘zi o‘qigan Namangan tumani Oqbuloq mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabidagi “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Prezidentimizniing umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Viloyat bosh soliqchisi mustaqil hayot yo‘liga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlarga Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shadigan sadoqatli va fidoyi insonlar bo‘lib kamol topishlariga tilak bildirdi. Namunali xulqi va a’lo bilimi bilan o‘rnak bo‘lgan yoshlar har yilgi maxsus sovg‘a – noutbuk kompyuteri bilan taqdirlandi.  

Shuningdek, soliq rahbari tashabbusi bilan an’naviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan aniq fanlar – matematika, fizika va kimyo fanlaridan bilimlar bellashuvining g‘oliblari ham munosib rag‘batlantirildi. Maktabda yakuniga yetayotgan o‘quv yilida salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, 12 nafar o‘quvchi muddatidan oldin oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilindi. Ulardan to‘rt nafari imtiyozli davlat granti sohibi bo‘ldi. Olti nafar o‘quvchi viloyat fan olimpiadasida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bir o‘quvchi esa Namangan davlat universiteti tomonidan fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasida viloyatdagi umumta’lim maktablari o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi.  

Oqilxon DADABOEV, O‘zA