French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar muddatidan avval talaba bo‘ldi
17:25 / 2021-05-17

Ingliz tilini puxta bilishga intilgan yoshlar borki, o‘z bilimini IELTS (International English Language Testing System) – ingliz tili bo‘yicha xalqaro imtihondan o‘tkazib ko‘radi.

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli maktabning 9 nafar o‘quvchisi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi.

Joriy o‘quv yilida mazkur maktabni 118 nafar o‘quvchi bitiradi, bugungi kunda ularning 25 nafari 5,5 dan 7,5 ballgacha bo‘lgan natijalar bilan IELTS topshirgan.

O‘quvchilar kirgan oliy ta’lim muassasalari orasida xorij va Toshkentdagi bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari bor.

N.Usmonova, O‘zA