Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar doimo e’tiborda
14:42 / 2022-09-15

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumining 95 nafar bitiruvchisi o‘z sohasi bo‘yicha ishga joylashgan. Bu haqida o‘quv muassasasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Texnikumda 422 nafar o‘quvchi professional ta’lim olib kelmoqda. O‘quv jarayonlari 3 ta yo‘nalish bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida tashkil etilgan. O‘quv jarayonlari o‘quv rejaga muvofiq Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish to‘g‘risidagi qarorga asosan olib boriladi. O‘tgan o‘quv yili davomida dars jarayonlariga 12 nafar shtatdagi va 3 nafar o‘rindoshlik asosida o‘qituvchilar jalb qilindi. Yuridik-xizmat, davlat huquqiy faoliyat, sud-huquqiy faoliyat kafedralari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.  

[gallery-8798]

2021-2022 o‘quv yilida texnikumni 188 nafar bitiruvchi tamomladi. Shundan 95 nafar bitiruvchi bugungi kunda adliya muassasalari, sohaviy va boshqa tashkilotlarga ishga joylashgan. 14 nafar ijobiy natijalarga erishgan bitiruvchilar Toshkent davlat yuridik universiteti va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalariga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilindi. 15 nafar bitiruvchi umumiy asosda test sinovlarida muvaffaqiyatli qatnashib oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi. Shu bilan birga, 3 nafar bitiruvchi qo‘shma ta’lim dasturi asosida Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Rossiya federatsiyasining Ural davlat universitetiga o‘qishga qabul qilindi. Yana 19 nafar o‘quvchilar boshqa davlatlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tanlov jarayonlarida ishtirok etmoqda.  

2022/2023 o‘quv yilida ham texnikumga qabul jarayonlari samarali tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida o‘qish istagini bildirib 1 ming 937 nafar abituriyent hujjat topshirdi va davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra 240 nafar abituriyent o‘qishga tavsiya etildi.  

 

O‘lmas Barotov,  
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.