Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash – e’tiborda
14:27 / 2025-08-22

FOTOREPORTAJ

Namanganda bitiruvchilar bandligini ta’minlash ishlarini tashkil qilish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari O. Mamatkarimov, viloyat hokimi o‘rinbosari O. Bozorov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i I. Hojiyev, Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Husanov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i A. G‘afforov, oliy ta’lim muassasalari prorektorlari, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi hududiy bo‘limi boshliqlari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raislari ishtirok etdi. 

Tadbirda ta’lim va mehnat bozori o‘rtasida samarali hamkorlik mexanizmlarini joriy etish, oliygohlardagi o‘quv dasturlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, bitiruvchilarni ishga tayyorlashga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqish zarurligi aytib o‘tildi. 

Ta’kidlanganidek, bu yil mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining 200 mingdan ziyod bitiruvchisi mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Shundan 14 ming 833 nafari Namangan viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. 

[gallery-24898]

Yig‘ilishda 37 ta oliy ta’lim muassasasidagi bitiruvchilarning bandligi ta’minlash bo‘yicha holat tanqidiy tahlil qilindi. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini mutaxassisligiga mos ravishda bandligini ta’minlashda ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA