French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchilar bandligini ta’minlash dolzarb vazifa
20:43 / 2024-10-06

Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston “Adolat” SDPdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga qo‘yilgan nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda o‘tayotgan saylov jarayonlari tobora qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Jarayonda har bir partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar o‘z saylovchilari bilan uchrashib, saylovoldi dasturi haqida ma’lumot bermoqda.

Uchrashuvda nomzodlar hayoti va faoliyati to‘g‘risida, shuningdek, partiya tomonidan o‘tgan besh yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” shiori ostida 2024-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi eng muhim jihatlar to‘g‘risida saylovchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Fuqarolarni ish bilan ta’minlash, xodimlarning mehnat huquqlari muhofazasini kuchaytirish, hayot tarzini yaxshilash, xavfsizligini ta’minlash, imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va manfaatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish eng dolzarb vazifalardan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili mamlakatimizda 200 mingdan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalarini tugatib, mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularning bandligini ta’minlash, mutaxassisligidan kelib chiqib ish o‘rinlari yaratish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bitiruvchi yoshlar o‘zlarining ish joylariga ega bo‘lishi uchun “Adolat” SDP saylovlar oldidan oliy va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kafolatlangan birinchi ish joyi” loyihasini hayotga tatbiq etish g‘oyasini ilgari surmoqda.

Shuningdek, tadbirda “Aqlli tibbiyot” tizimining huquqiy asoslarini ishlab chiqib, sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish, “Elektron poliklinika” va “Yagona elektron anketa” tizimlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy tibbiyot, ta’lim va ovqatlanish korxonalarida sanitariya-epidemiologiya nazorati amalga oshirilishini kuchaytirish orqali aholini zaharlanish hamda yuqumli kasalliklardan himoya qilish kabi muhim masalalarning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuvda nomzod saylovchilarning savollariga atroflicha javob qaytarib, saylovlarda faol bo‘lishga chaqirdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri