Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
15:36 / 2024-06-21

FOTOREPORTAJ

Namangan shahar hokimligida “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda Namangan shahar hokimi A. Otaxo‘jayev, shahar prokurori Q. Ahmadjonov, keng jamoatchilik vakillari hamda bitiruvchi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.  

Ta’kidlanganidek, 2023/2024 o‘quv yilida shahardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini 4606 nafar o‘quvchi tamomladi. Ularning 52 nafari oltin hamda 2 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldi.  

Uchrashuvda sektorlar rahbarlari bitiruvchi yoshlar bilan samimiy muloqot olib borib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.  

[gallery-17936]

Tadbirda maktabni oltin hamda kumush medallar bilan tamomlagan hamda turli tanlovlar g‘oliblariga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA