Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
13:12 / 2025-10-23

Andijon davlat universitetida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev Fizika-matematika va axborot texnologiyalari hamda Kimyo va biologiya fakultetlari bitiruvchi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarning oliygohda egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustaqil hayotda samarali qo‘llashga tayyorlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi o‘rni va mas’uliyatini chuqur anglashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda rektor mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish, ilm-fan va innovatsiyalar rivojini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

[gallery-25876]

Muloqot davomida bitiruvchi talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, ularning ishga joylashish jarayonida uchrayotgan muammolari o‘rganildi. Rektor yosh mutaxassislarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini qayd etib, har bir bitiruvchi doimo o‘z ustida ishlashi, bilim va malakasini muntazam oshirib borishi zarurligini ta’kidladi.

Bu kabi ochiq muloqotlar talabalarda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularni mustaqil hayotga tayyorlash hamda muvaffaqiyatli karera qurishlariga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Faxriddin  Ubaydullayev, 

Zuhriddin Umrzoqov (foto), O‘zA