Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bitiruv qoʻngʻiroqlari onlayn jaranglaydi...
14:34 / 2020-05-23

Koronavirus pandemiyasi sabab oʻquvchilar uchun darslar onlayn oʻtkazilayotgan edi. Nihoyat bu oʻquv yili ham yakuniga yetdi.


Koronavirus pandemiyasi sabab oʻquvchilar uchun darslar onlayn oʻtkazilayotgan edi. Nihoyat bu oʻquv yili ham yakuniga yetdi.

Bu yil oʻquvchilar orziqib kutgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq“ tadbirlari qay tartibda oʻtkaziladi?

Karantin talablariga koʻra bu yil maktablarda “Soʻnggi qoʻngʻiroq“ tadbirlari oʻtkazilmasligi maʼlum qilindi. Bu bitiruvchi oʻquvchilarning kayfiyatiga salbiy taʼsir etishi ham mumkin. Maktab bilan xayrlashuv bir umr insonning xotirasida saqlanib qoladigan tadbir. Ammo vaziyat shuni taqozo qilyapti.

Oʻquvchilarning kayfiyatini koʻtarish va ularga yoqimli xotiralar taqdim etish maqsadida “Uzreport TV”, Xalq taʼlimi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorlikda “Soʻnggi qoʻngʻiroq“ onlayn tadbirini oʻtkazishni rejalashtirgan.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq“ onlayn tadbirida maktab direktorlari, oʻqituvchilar va ota-onalar bitiruvchilarni bayram bilan onlayn tarzda tabriklashadi. Shuningdek, bitiruvchilarning oʻzlari ham jonli efirda oʻz doʻstlari va ustozlariga tilaklar bildirish imkoniga ega boʻladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi oʻz postlarida #bitiruvchi_2020_onlayn xeshtegidan foydalangan holda har bir inson ushbu bayramga qoʻshilishi mumkin. Va, albatta, tadbir nihoyasida soʻnggi qoʻngʻiroq jiringlab, “Xayr, maktabim“ qoʻshigʻi birgalikda kuylanadi.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq“ tadbiri, ayniqsa, bitiruvchi oʻquvchilar orziqib kutadigan tadbir. Shu bois bu yilgi tadbir ham esda qolarli boʻlishi uchun barcha choralar koʻriladi.

Tadbirni 25-may kuni soat 08:30 dan “Uzreport TV” hamda telekanalning Facebook va You Tubedagi sahifalari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.