Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda “Quroq ensiklopediyasi” raqamli ko‘rgazmasi ochildi
22:30 / 2023-01-29

Yon qo‘shni – jon qo‘shni

Gapar Aytiyev nomli Qirg‘iziston milliy tasviriy san’at muzeyida shu kunlarda “Quroq ensiklopediyasi” raqamli ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Kabar” axborot agentligi xabar qildi.

Ushbu ekspozitsiya quroq san’atining qadimiy tarixi va bugungi ko‘rinishi qadriyatlarni e’zozlashda muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.

Ko‘rgazmada muzeyning “quroq” texnikasi namoyon bo‘lgan eksponatlaridan foydalanilgan. Ba’zi ijod namunalari bundan 100 yillar avval yaratilgan. Namoyishga zamonaviy mualliflar asarlari ham qo‘yilgan.

Uch tilda namoyish etilayotgan “Quroq ensiklopediyasi” san’atni, madaniy merosni asrab-avaylash sohasida raqamlashtirishdan foydalanish imkoniyatini ham namoyon etmoqda.

Raqamli ko‘rgazma Estoniya xalqaro taraqqiyot markazi va Qirg‘izistonning “Lider” fuqarolik tashabbuslari markazi hamda Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilayotgan “Digikonush” loyihasi doirasida “Quroq” nodavlat tashkiloti ayollar forumi tomonidan tashkil etilgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA