Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda qit’a chempionati davom etmoqda
15:08 / 2022-06-20

Shu kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha o‘smirlar (U 17) va yoshlar (U 23) o‘rtasida Osiyo chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Mamlakatimiz sportchilari qit’a birinchiligining barcha yo‘nalishlarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Qit’aning 40 dan ziyod davlatidan 2 ming nafar atrofidagi sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun gilamga chiqmoqda.

Musobaqa dasturiga binoan 19-21 iyun kunlari yunon-rum kurashi, 20-23 iyunda ayollar kurashi va 23-26 iyun kunlari esa erkin kurashchilar o‘rtasida Osiyo chempionati sovrindorlari aniqlanadi.

Bugungacha o‘tkazilgan musobaqalar natijasiga ko‘ra, yunon-rum kurashchilarimizdan Shahzod Ro‘zioxunov 45 kg. vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. U final bellashuvida eronlik Ahmadi Balutakini so‘nggi ball evaziga mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi.

Yunon-rum kurashchilari o‘rtasida 55 kg. vazn toifasidagi bahsda yana bir yosh kurashchimiz Xurshidbek Normuhammadov finalga qadar o‘tgan saralashlarda barcha raqiblarini mag‘lub etdi. Ammo oltin medal uchun qozog‘istonlik Nariman Bekimov bilan kechgan bahsda kumush medalli bo‘ldi.

Mamlakat poytaxtining «Bishkek-Arena» majmuasida o‘tayotgan bellashuvlar davom etmoqda.

T. Ro‘ziyev, O‘zA