English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda MDH davlatlari XVII yoshlar Delfiy o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda
00:51 / 2023-10-09

Musobaqada Qirg‘iziston, Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘istondan 10 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etmoqda.

 

В Bishkekе стартоvaли XVII молодежные Дельфийские игры стран СНГ

Bishkekdagi To‘qto‘g‘ul Satilganov nomli Qirg‘iziston milliy filarmoniyasida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar XVII yoshlar Delfiy o‘yinlari boshlandi. Bu haqda hamkorimiz “Kabar” xabar berdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qirg‘iz Respublikasi madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vaziri Oltinbek Maqsutov Delfiy o‘yinlari MDH davlatlari yoshlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashning o‘ziga xos platformasi sifatida mamlakatlar o‘rtasidagi yaxshi sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov Prezident Sadir Japarovning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik maktubini o‘qib eshittirdi. Qutlovda XVII yoshlar Delfiy o‘yinlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgani munosabati bilan alohida quvonch, iftixor tuyg‘ulari izhor etilgan.

Dasturga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Qirg‘izistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Udovichenko Prezident Vladimir Putinning tabrik maktubini ham o‘qib berdi. Qayd etilishicha, Rossiya yetakchisi musobaqa MDH doirasida keng e’tirofga sazovor bo‘lgani bejiz emasligini bildirgan.

– Ushbu keng ko‘lamli loyiha yoshlarga san’atda o‘z yo‘lini topish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, xalqaro miqyosda mahoratini namoyon qilish va ekspertlar olqishiga sazovor bo‘lishda yordam beradi, – deyiladi Putinning maktubida.

Rasmiy qismdan so‘ng MDHga a’zo davlatlar XVII yoshlar Delfiy o‘yinlari ochilish marosimi muhtasham konsert dasturi bilan davom etdi.

Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.

O‘zA