Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda MDH davlatlari ijodkor va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tadi
11:58 / 2023-08-16

Joriy yilning 12-13 sentyabr kunlari Bishkekda MDH mamlakatlari ijodkor va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi.

Tadbirning asosiy mavzusi “Madaniyatlarning o‘zaro ta’siri orqali – hamdo‘stlik va tinchlik sari” deb nomlanadi.  

Forumda hamdo‘stlik davlatlaridan 200 dan ortiq delegatlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.  

Uning doirasidagi yalpi majlislar va ixtisoslashtirilgan seksiyalarda olimlar, pedagoglar va san’at namoyandalari ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi formatlari, yoshlar tashabbuslari, madaniyatlararo muloqotni shakllantirish masalalarini muhokama qiladilar.  

Xalqaro forum tadbirlarining biri Chingiz Aytmatov ijodi, uning zamonaviy voqelikning ma’naviy-axloqiy dunyoqarashiga ta’siriga bag‘ishlanadi.  

Shuningdek, forum doirasida ilk bor Davlat axborot agentliklari rahbarlari kengashining yig‘ilishi va MDH davlatlarining teatr uyushmalari rahbarlarining davra suhbati bo‘lib o‘tadi.  

O‘zA