Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda Markaziy Osiyo texnologiyalar forumi boshlandi
17:04 / 2023-03-24

Bishkek shahrida Yaponiya, AQSH, Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan kompaniyalari ishtirokida birinchi Markaziy Osiyo texnologiyalar anjumani boshlandi. IT sohasi uctalari toʻplangan mazkur uchrashuv Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan Yaponiya hukumatining “JETRO” tashkiloti koʻmagida tashkil etilgan.

Taʼkidlash joiz, forumda investitsiya kompaniyalari va turli jamgʻarmalar vakillari bilan birga mingdan ortiq mutaxassis qatnashmoqda. Anjuman doirasida bir qator yalpi majlislar tashkil etilib, dolzarb mavzulardagi qiziqarli taqdimotlar namoyish etiladi.

Anjumanning ikkinchi qismida yetti xil nominatsiya boʻyicha mintaqamizning axborot texnologiyalari sohasidagi eng yaxshi kompaniyalari taqdirlanadi.

Tadbir tashkilotchilari soha mutaxassislari va dasturchilarning hozirgi hamda kelajak avlodini turli innovatsiya gʻoyalarini ilgari surish, Markaziy Osiyo IT salohiyatini namoyish etishga ilhomlantirish maqsadini koʻzlagan. Bosh sovrin egalari uchun Silikon vodiysiga sayohat uyushtiriladi.

OʻzA