English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkekda maktab o‘quvchilari haftaning oxirigacha onlayn ta’lim rejimiga o‘tkazildi
10:48 / 2023-01-26

Bishkek shahridagi barcha maktablarda ikkinchi smenaga qatnayotgan o‘quvchilar 26 va 27 yanvar kunlari onlayn-formatda ta’lim oladi, deb yozmoqda “Kabar” agentligi shahar hokimiyati matbuot xizmatiga tayanib.

Munitsipalitet ma’lumotiga ko‘ra,  28 yanvarda va kelasi haftaning boshida o‘quvchilar ta’lim olishning an’anaviy shakliga qaytadi.  

Shuningdek, O‘sh bozorida 31 yanvarga belgilangan tozalik (sanitar) kuni 26 yanvarga ko‘chirilgan, ya’ni bugun bozor ishlamaydi, deyiladi xabarda.