Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bishkek markazidagi mitingda 200 ga yaqin odam yig‘ildi
12:53 / 2019-11-25

Namoyishchilar hukumatdan tekshiruv o‘tkazilishi va mamlakatning bojxona organlaridagi korrupsiya ishtirokchilarini jazolashni talab qilmoqda.


Namoyishchilar hukumatdan tekshiruv o‘tkazilishi va mamlakatning bojxona organlaridagi korrupsiya ishtirokchilarini jazolashni talab qilmoqda. 

Dushanba kuni ikki yuzga yaqin odam Qirg‘iziston poytaxti Ala-Too markaziy maydonida korrupsiyaga qarshi mitingga yig‘ildi. Bu haqda TASSga Bishkek politsiya boshqarmasi vakili ma’lum qilgan. 

“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mitingda 200 ga yaqin odam qatnashmoqda, ular hech qanday noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirmaydi”, degan u. Agentlik suhbatdoshining qo‘shimcha qilishicha, politsiya xodimlariga markaziy maydonda “namoyishchilar, poytaxt aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash“ bo‘yicha qo‘shimcha buyruq berilgan.

Bishkekdagi miting “Ozodlik” radiosi olib borgan jurnalistik surishtiruv ta’sirida kelib chiqib, mamlakatning bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etildi. Namoyishchilar hukumat rasmiylaridan mamlakat bojxona organlarida kuzatilayotgan korrupsiyada aybdorlarni tekshirish va jazolashni talab qilmoqda. 

Bishkek shahar hokimiyati xabariga ko‘ra, Ala-Too maydonida tashkil etilgan miting hukumat bilan kelishilmagan va ruxsat berilmagan.

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Saginbaev dushanba kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “ehtimol, namoyishchilar tarqatib yuborilmas”ligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz rasmiylari korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishdan manfaatdor va huquq-tartibot idoralari “Ozodlik” tomonidan o‘tkazilgan jurnalistik tekshiruv natijalari bo‘yicha faktlarni o‘rganishga kirishgan.