Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birovning haqi birovga buyurmaydi
08:56 / 2022-08-20

Jizzax viloyatida tadbirkorning undirib olingan noreal qarzdorligi qaytarildi.

Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan “Elita” mas’uliyati cheklangan jamiyati(nomi o‘zgartirilgan)ning murojaati Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Murojaatni o‘rganish davomida, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik kompaniyasi Jizzax filiali tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish” qoidalari talablariga zid ravishda jamiyat foydalangan tabiiy gaz uchun noqonuniy ravishda oshirilgan to‘lov hisoblab kelinayotganligi aniqlandi. 

Jumladan, filial hamda iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomadagi gaz iste’moli hajmi “Askug Yur” dasturiga kiritilmaganligi natijasida jamiyatga nisbatan 1,4 koeffitsentdan hisob-kitob qilinib, qarzdorlik 81 million 296 ming so‘mga ortiqcha hisoblangan. 

Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsman devoni tomonidan jamiyatning “Askug Yur” dasturidagi abonent kartasidan asossiz hisoblab yechilgan 81 million 296 ming so‘m miqdoridagi qarzdorlikni olish bo‘yicha “Hududgazta’minot” AJga taqdimnoma kiritildi. 

Birovni haqi birovga buyurmaydi, deganlari shudir-da, mazkur taqdimnoma belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tadbirkorga hisoblangan noreal qarzdorlik dasturda qayta tahrirlash yo‘li bilan olib tashlanishi hamda buzilgan huquqlarning tiklanishi ta’minlandi. 
 

Shohruxxon G‘ayirov, 
Biznes-ombudsman devoni  
yetakchi inspektori 

O‘zA