French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birovni sirini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan mulk talab qilganlik uchun javobgarlik bormi?
17:14 / 2022-05-10

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli shakldagi mulk tashkil etadi.

Mulk mutlaq daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qo‘riqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi. Xususan, birovni sirini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, undan mulk talab qilish Jinoyat kodeksida  tovlamachilik sifatida tavsiflangan. 

Xo‘sh bu qilmish qanday turlarga bo‘linadi? Buning uchun qanday javobgarlik bor? Quyidagi savollarga Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Muhriddin Shamsiddinovdan javob oldik. 

– Jinoyat kodeksining 165-moddasiga binoan tovlamachilik, ya’ni jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zo‘rlik ishlatish, mulkka shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish bilan qo‘rqitib o‘zgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yo‘sindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini o‘z mulki yoki mulkka bo‘lgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yish – uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

– Agar ushbu qilmish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilsa og‘irroq jazo bo‘lishi mumkinmi? 

– Ha, albatta. Chunki Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandiga ko‘ra tovlamachilik, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 


Gulnoza Boboyeva, O‘zA