“Birovga yordam berish pullik”-mi?(+video)
bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 35 mln.dan ortiq bo‘lsa, har birining turli mazmundagi shikoyatlari va murojaatlari bor. Ularni hal etishda tegishliligi bo‘yicha mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning ulgurolmasliklari yoki ba’zi hollarda murojaatlarga sovuqqonlik bilan yondashilayotganligi sabab, fuqarolar bevosita blogerlardan najot kutishga o‘rganib qoldi. Bu borada O‘zbekistonda minglab blogerlarning fuqarolar joniga oro kirayotganliklarini misol keltirish mumkin.
Shu tariqa mustaqil faoliyat yuritib kelayotgan blogerlardan biri kuni kecha katta miqdorda soliqqa tortilganidan norozi bo‘lib video joyladi.
“Endi bunisi oshib tushdi. Yaxshiliq qilganimiz uchun yana nalog. 11.000.000 so‘m” sarlavhasi ostida joylangan videoda bloger 2021 yilgi faoliyati uchun 11.mln so‘m miqdorda soliqqa tortilganidan norozi ekanligini bildirgan.
Aslida blogerlarni soliqqa tortish bo‘yicha qonunchilikda biron bir me’yor bormi? O‘zA muxbiri bunga aniqlik kiritdi.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/SDagmwXHGQ4" title="“Birovga yordam berish pullik”-mi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>M. Eshmirzayeva, D. Yakubov (video) O‘zA