English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Birodarlik va qardoshlikning munosib va yaxshi namunasini yaratishga qaror qilganmiz"
11:03 / 2023-01-01

Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy va madaniy mushtarakliklar ushbu ikki mamlakatni bir-biriga benihoya yaqinlashtirib qo‘yganki, dunyo mamlakatlari orasida bir-biriga shunchalik o‘xshash va yaqin bo‘lgan boshqa ikki davlatni topish qiyin. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan ko‘plab olimlar, yozuvchilar, shoirlar va oriflar bugungi Eron va O‘zbekiston mamlakatlari hududlaridagi shaharlarda tug‘ilib-o‘sganlar, ularning nomlari toabad ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlik ramzi bo‘lib qoladi.

Ikki do‘st davlat – Eron Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar barcha sohalar va turli yo‘nalishlarda rivojlanib bormoqda. Ikki davlat rahbarlarining 2022 yil sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda ushbu uchrashuv yakunlari bo‘yicha turli sohalardagi hamkorlikka oid o‘n sakkizta hujjatning imzolanishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlardagi tarixiy voqea bo‘ldi.

Biz ikki mamlakat – Eron Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarining rivojlanishi yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlash hamda ushbu aloqalarni kengaytirish orqali dunyoda do‘stlik, birodarlik va qardoshlikning munosib va yaxshi bir namunasini yaratishga qaror qilganmiz.

Ushbu fursatdan foydalanib, yana bir bor kirib kelayotgan yangi 2023 yil bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumati hamda aziz xalqini tabriklayman.  

Mehribon va Qodir Egamdan barchalaringizga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotijamlik, qut-baraka, xush kayfiyat tilab qolaman,  deya qutlaydi Eron Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Hamid NAYYIROBODIY.  

 

O‘zA