English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birodar shaharlar hamkorligida sun’iy intellekt asosidagi tashabbuslar muhim
09:38 / 2025-12-25

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitada “Birodar shaharlar — sun’iy intellekt” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita, Birodar shaharlar alyansi hamda “O‘zbekiston — Germaniya” do‘stlik jamiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda sun’iy intellekt bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan o‘zgartirayotgan muhim texnologiyalardan biri ekani ta’kidlandi. U ta’lim jarayonini individuallashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasi va qobiliyatidan kelib chiqqan holda moslashtirilgan o‘quv dasturlarini joriy etish imkonini bermoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi platformalar bilimlarni baholash, tahlil qilish va o‘quv jarayonidagi bo‘shliqlarni aniqlashda samarali vosita sifatida xizmat qilayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili sun’iy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda ushbu texnologiyalarni davlat boshqaruvi, ta’lim va ijtimoiy sohalarga joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, Birodar shaharlar alyansi raisi Zokir Obidov birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar, raqamli platformalar sun’iy intellekt asosidagi  aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladi.

“O‘zbekiston — Germaniya” do‘stlik jamiyati rahbari Yusuf Ismoilov esa ikki mamlakat shaharlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlashda raqamli hamkorlik, qo‘shma loyihalar va sun’iy intellekt asosidagi tashabbuslar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA