English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Birlashish nuqtasi” media anjumani tashkil etiladi
17:48 / 2023-04-30

Mamlakatimiz media jarayonlarida so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, nodavlat ommaviy axborot vositalarini faollashtirish va ularni siyosiy-ijtimoiy islohotlarga hamda jamiyatda yangilanish jarayonlariga jalb etish hamda jurnalistlarning kasbiy mahoratini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Sohada ishlar samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 28 apreldagi tegishli bayonnomasiga ko‘ra, 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Birlashish nuqtasi” media anjumani o‘tkaziladi. Media anjumani 2023 yil 3-4 may kunlari poytaxtimizda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, Jahon matbuoti erkinligi kuni butun dunyoda, jumladan O‘zbekistonda ham har yili  keng nishonlanadi.  

Ushbu sanani nishonlashdan ko‘zlangan asosiy maqsad – axborot erkinligi tamoyillarini ilgari surish, dunyoning barcha mintaqalarida axborot olish va tarqatish erkinligi holatiga baho berish, jurnalistlar erkinligi va mustaqilligiga tajovuzlarning oldini olish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.  

O‘zA