Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birlashgan Millatlar Tashkiloti – O‘zbekistonning global hamkori
20:19 / 2025-09-25

BMT dunyo hamjamiyatning markaziy  va universal tuzilmasi sifatida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda global muammolarni hal etishda muhim ahamiyatga ega. Tashkilotning faoliyati butun dunyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan. BMT barcha davlatlar uchun umumiy platforma bo‘lib, u yerda xalqaro muammolar muhokama qilinadi, muloqot va muzokaralar olib boriladi.  Tinch yo‘l bilan nizolarni hal etish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim diplomatik maydon hisoblanadi.

BMT O‘zbekiston uchun muhim global hamkor sifatida ahamiyatga ega. O‘zbekistonning BMT bilan hamkorligi mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash, mahalliy, mintaqaviy va global muammolarga birgalikda yechim topish, barqaror taraqqiyotga qaratilgan xalqaro tashabbuslarni ilgari surishda namoyon bo‘ladi.

O‘zbekiston BMT bilan tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, iqtisodiy taraqqiyot, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish va barqaror atrof muhitni saqlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash va tenglik, madaniyat va ijtimoiy sohalarda hamkorlik olib bormoqda. O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) o‘rtasidagi hamkorlik mustaqillik yillaridan boshlab izchil rivojlanib kelmoqda. O‘zbekiston va BMT hamkorligi bir qator muhim va ijobiy natijalarga erishishga olib keldi. 

Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Jumladan, Yangi O‘zbekiston sharoitida BMT bilan hamkorlikda yangi tendensiyalar, o‘zaro munosabatlarda yangi bosqich boshlandi. 2017, 2024 yillarda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish рас­мий tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Ас­самблеясининг 72-, 75-, 76-, 78-sessiyalarida, шuning­дек, 2021 yil BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi.

BMT bilan hamkorlikda 2017 yili Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, барқа­рор rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik”, 2018 yili Afg‘oniston masalasiga bag‘ishlangan «Tinchlik жара­ёни, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy шерик­лик” mavzusida oliy darajadagi xalqaro конференция­лар bo‘lib o‘tdi. 

2020 yili «Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari» Са­марқанд forumi, 2021 yili «Markaziy Osiyo jahon циви­лизациялари chorrahasida» xalqaro Xiva forumi, 2022 yili «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga оши­рish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi» xalqaro anjumanlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasida qator rezolyutsiya va deklaratsiyalar qabul qilindi. Jumladan, 2018 yil “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik”, 2019 yil “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish”, 2021 yil “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish”, 2022 yil “Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risida”, “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”, 2024 yil “Xalqaro sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqot kuni”, “O‘rmonlarni barqaror boshqarish asosida o‘rmonlarni ko‘paytirish va qayta tiklash bo‘yicha harakatlar dekadasi” rezolyutsiyasi hamda 29 aprelni “Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyutsiyalar shular jumlasidandir. 

Ushbu rezolyutsiyalar nafaqat Markaziy Osiyoning iqtisodiy va siyosiy rivoji, balki butun dunyodagi global muammolarni hal etishga ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi mintaqaviy o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashish hamda Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, “Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish” rezolyutsiyasi mintaqada, xususan, Orol dengizi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy qilishni maqsad qilgan bo‘lib, hududdagi ekologik holatni yaxshilashga yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston tashabbuslari mintaqaviy va global tinchlik, millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik, ekologik барқа­рорликни ta’minlash, mintaqalar va mamlakatlar ўртаси­да o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, transport kommunikatsiyalarini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. 2018 yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfсиз­лиги bo‘yicha ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi tashkil etildi. 

O‘zbekiston tarixda ilk marotaba 2021 yili BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi. 2022 yilda BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi­нинг Rivojlanish maqsadlarida fan va texnologiyalar ма­салалари bo‘yicha komissiyasi, 2024 yilda 2025–2027 yillar uchun BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (EKOSOS), 2024 yilda 2024–2027 yillar uchun Xalqaro mehnat ташки­лоти (XMT) Ma’muriy kengashiga a’zo etib saylandi.

O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch va anglashuv asosida qurilgan. O‘zbekistonning islohotlarga sodiqligi va xalqaro majburiyatlarga rioya qilishi BMTning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini oshirdi. O‘zbekiston BMT bilan birgalikda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

O‘zbekiston BMT maydonida global muammolarni hal etishga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surmoqda. Bu tashabbuslar, jumladan, Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish, yoshlar huquqlarini himoya qilish, turizmni rivojlantirish va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash kabi masalalarni qamrab oladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 23 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 80 yillik yubileyidagi nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan qizg‘in kutib olindi. Mazkur nutqda mahalliy, mintaqaviy va global darajadagi masalalarga ahamiyat qaratildi. Unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqaror taraqqiyot, hamkorlik hamda turli global muammolarga munosabat bildirilgan, ularning yechimiga oid dolzarb o‘ndan ortiq xalqaro tashabbuslar mujassamlashgan.

O‘zbekiston rahbari BMTni global muammolarni hal etishda markaziy platforma sifatida saqlash kerakligini alohida ta’kidladi. BMT tizimidagi islohotlar zarurligini e’tirof etdi. Zamonaviy geosiyosiy jarayonlar sharoitida BMTning nufuzi tushib borayotganligini kuzatish mumkin. Biroq jahonda uning o‘rnini bosadigan boshqa muqobil xalqaro tashkilot mavjud emas. Bunday Tashkilotni yaratish esa xalqaro keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin. Shunday sharoitda BMTni, uning tuzilmalarini isloh qilish dolzarb masaladir. O‘zbekiston rahbarining ushbu tashabbusi global miqyosda geosiyosiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi faol ishtirokini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, barqaror taraqqiyot, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarida tashabbuskor davlatga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqida mintaqaviy hamkorlik va sheriklikni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va ma’naviy salohiyatli, o‘zaro ahil va hamkor   davlatlar muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan fikrlar mavjud. Bu xalqaro maydonda O‘zbekistonning siyosiy nufuzini oshiradi. Ta’kidlash kerakki, 2017 yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari munosabatlarida yangi davr boshlandi. Markaziy Osiyo O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. Mintaqa davlatlari o‘rtasida chegaralarni belgilash bo‘yicha ijobiy kelishuvlarga erishildi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi tashkil etildi. Muntazam uchrashuvlarini o‘tkazish g‘oyasi ilk bor O‘zbekiston  Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan. Birinchi Maslahat uchrashuvi 2018 yili Ostonada, ikkinchisi 2019 yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Maslahat uchrashuvi an’anaviy muloqot platformasiga aylandi. O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishga qaratilgan BMT Bosh Assambleyasining qarorini qabul qilishni taklif qildi.

O‘zbekiston Prezidenti nutqida mintaqaga bevosita aloqador muammolarga konstruktiv yondashuvni namoyon etdi, xalqaro konfliktlarga qarshi diplomatik yo‘llarni tanlash kerakligini ta’kidlamoqda. Xususan,  Afg‘onistonning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, ushbu davlat orqali logistika va energetika koridorlarini rivojlantirish masalalari bugun tobora dolzarblashib bormoqda. Shuningdek, O‘zbekiston rahbari jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ekologiya va suv muammolarini global xavf sifatida ko‘rsatmoqda. Bu muammolarga o‘z vaqtida e’tibor qaratilishi lozimligini ta’kidladi. Bu borada O‘zbekistonning Orol muammosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga e’tibor qaratdi. 

Darhaqiqat, zamonaviy dunyoda ekologiya va suv resurslari taqchilligi, iqlim o‘zgarishi, suv inqirozi insoniyat uchun jiddiy global tahdidga aylanib bormoqda. Bu muammolarga o‘z vaqtida va birgalikda yechim topilmasa, barqaror rivojlanish maqsadlari xavf ostida qolishi mumkin. O‘zbekiston Prezidenti ekologik muammolarni faqat mintaqaviy emas, balki umuminsoniy va transmilliy muammo sifatida talqin etmoqda. Bu davlatning xalqaro siyosatdagi ekologik faolligini va mas’uliyatini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi mas’uliyatli, konstruktiv va ko‘p tomonlama hamkorlikka intilayotgan davlat sifatida BMT bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Xalqaro hamjamiyatda o‘zining mas’uliyatli va konstruktiv tashabbuslarini ilgari surmoqda, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va global muammolarni hal etishda faol ishtirok etmoqda. O‘zbekiston mazkur masalada BMTni global hamkor sifatida ko‘rib, muammolarni hal etishda dolzarb tashabbuslar va amaliy chora-tadbirlar uchun samarali platforma sifatida baholamoqda.

Oybek Abdimo‘minov,

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent