French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Toshkentda
17:51 / 2025-10-13

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizda mehmon bo‘lib turgan Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich bugun Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonga Sport vazirligi va MOQ rahbariyati hamrohlik qildi.

Mezbonlar UWW Prezidentiga Olimpiya shaharchasining imkoniyatlari, sportchilarga yaratilgan sharoit va qulayliklar xususida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ushbu majmuada xalqaro musobaqalarni o‘tkazish boshlab yuborilgani ma’lum qilindi.

[gallery-25719]

Mazkur kompleks Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi a’zosi ham hisoblangan janob Lalovichda yorqin taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng, UWW Prezidenti Nenad Lalovich Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Ikki tomonlama suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar va murabbiylarga pul mukofotlari hamda Aytjan Xalmaxanovga Prezident sovg‘asi – BYD avtomashinasi topshirildi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA