Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birlamchi tibbiy muassasa – zamonaviy qiyofada
16:36 / 2023-11-02

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Quva tumani “Qoraqum” MFYda “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonini hayotga tatbiq etish, turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallani tadbirkorlik markaziga aylantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.  

[gallery-14361]

Kuni kecha bu yerda yangi oilaviy shifokor punkti binosi foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari  hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirok etib, OSHPning mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.  

5 ming 650 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi OSHP “Eko Xaus Bilding” MCHJ tomonidan 2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga barpo etildi. Birlamchi tibbiy muassasa zamonaviy mebel va tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.  

 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA