Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birlamchi bo‘g‘in raqamlashmagani bois shifokor vaqtining uchdan ikki qismi hisobot to‘ldirishga ketayapti,– Prezident
13:59 / 2024-02-05

So‘nggi ikki yilda tibbiyot sohasini raqamlashtirishga byudjetdan 90 milliard so‘m yo‘naltirildi. Lekin natija kutilganidek emas.

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda aytildi. 

Tuman, viloyat va respublika tashkilotlari 10 ga yaqin axborot tizimlarini ishlatayapti, lekin ularning hammasi ham bir-biriga bog‘lanmagan.

Birlamchi bo‘g‘in raqamlashmagani bois shifokor vaqtining uchdan ikki qismi hisobot to‘ldirishga ketayapti.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimlarini ishga tushirish, kafolatlangan paketga kirgan dorilarni elektron retsept asosida berishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

O‘zA