French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi
12:57 / 2026-03-03

Raqobatni ta’minlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida tovar-xom ashyo birjalari hamda iste’mol bozorlarida narxlarni nazorat qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, 2025-yil davomida 135 ta holatda birja savdolariga oid qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha 124 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, narxlarni sun’iy ravishda oshirishga qaratilgan manipulyatsiya harakatlari sodir etilgani va bu orqali 14,7 mlrd. so‘m mablag‘ asossiz ravishda olingani ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan noqonuniy olingan mablag‘larni qaytarish hamda bozorda sog‘lom raqobat muhitini tiklash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bunday qonunbuzilishlar aholi uchun muhim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat tovarlari narxining asossiz oshishiga olib keladi.

Nigora Rahmonova, O‘zA