Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birja savdolarida shakar 2,1 foiz, paxta yog‘i 11 foizga pasaydi
15:13 / 2022-04-19

"O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJning ma’lum qilishicha, 11 – 17 aprel kunlari barcha savdo platformalarida 2 584,5 milliard so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,1 foizga kam.

Birja savdolarida 2 152 tonna paxta yog‘i sotildi. Paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 17 227,2 ming so‘mdan 15 337,2 ming so‘mgacha, ya’ni 11 foizga pasaydi. 

Shuningdek, birja savdolariga 12 720 tonna shakar qo‘yildi va uning barcha hajmi cotildi. Shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 9 286,4 ming so‘mdan 9 087,7 ming so‘mgacha, ya’ni 2,1 foizga pasaygan. 

Qolaversa, birja savdolari orqali 6 787,0 tonna sheluxa sotildi. Sheluxaning kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 001,2 ming so‘mdan 2 804,0 ming so‘mgacha, ya’ni 6,6 foizga pasaydi. 


O‘zA