French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birja savdolarida sement va yogʻ narxi tushib bormoqda
11:25 / 2020-08-25

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 6,5 milliard soʻmga 958 ta avtoraqamlar sotildi.


Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining axborot xizmatidan maʼlum qilishicha, 17 – 23-avgust kunlari barcha savdo platformalarida 1 066,8 milliard soʻmlik tovar sotilgan. Bu avvalgi haftaga nisbatan 6 foiz kam.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 352,8 milliard soʻmni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining 21,5 milliard soʻmlik mablagʻlari tejaldi.

Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 6,5 milliard soʻmga 958 ta avtoraqamlar sotildi.

Oʻtgan haftada birja savdolariga 1 393 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 007 tonnasi, yaʼni 72,3 foizi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 71 ta xaridor ishtirok etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yogʻining kunlik oʻrtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 13 857,3 ming soʻmdan 11 497,8 ming soʻmgacha, yaʼni 17 foizga pasaydi. Hafta yakunlariga koʻra 1-navli paxta yogʻining haftalik kotirovkasi 1,7 foizga oʻsib, mahsulotning bir tonnasi 11 080,1 ming soʻmni tashkil etdi.

Shuningdek, birja savdolarida shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 5 852,4 ming soʻmdan 5 824,5 ming soʻmgacha, yaʼni 0,5 foizga pasaydi. Savdoga qoʻyilgan shakarning 53,2 foizi sotildi.

Birja savdolari natijasida shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi avvalgi haftaga nisbatan deyarli oʻzgarmadi va mahsulotning bir tonnasi 5 839,5 ming soʻmni tashkil etdi.

Hafta davomida birja savdolariga qoʻyilgan 215 025 tonna sementning 210 751 tonnasi, yaʼni 98 foizi sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmi 42,1 ming tonnani tashkil qildi. Sementning barcha markasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narx mahsulotning bir tonnasi uchun 789,4 ming soʻmdan 736,6 ming soʻmgacha, yaʼni 6,7 foizga pasaydi.

Oʻtgan haftada birja savdolariga 63 680 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 16 669,1 tonnasi, yaʼni 26,2 foizi sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 37 xaridor ishtirok etdi.

Bu vaqtda AI-80 markali avtomobil benzinning kunlik oʻrtacha narxi sezilarsiz oshib, mahsulotning bir tonnasi uchun 5 039,6 ming soʻmdan 5 043,9 ming soʻmgacha koʻtarildi. Benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi bir tonna uchun 5 043,3 ming soʻmni, AI-91 benzinining oʻrtacha haftalik kotirovkasi bir tonna uchun 5 672,1 ming soʻmni tashkil etdi. Avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.