English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birja savdolarida ishtirok etish tartibidan xabardormisiz?
21:32 / 2022-05-31

Qashqadaryo viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi, “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” Qashqadaryo filiali hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar va tumanlarda tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan, fermer xo‘jaliklarini birja savdolariga keng jalb qilish maqsadida o‘quv-seminar muloqotlari o‘tkazilmoqda.

Seminar-muloqotlar Shahrisabz shahri, Kasbi, Qarshi, Nishon, Mirishkor, Shahrisabz tumanlarida o‘tkazildi. Unda hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari rahbarlari, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda hisobotini yuritish markazlari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirlarda Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 17 may kuni tovar-xomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirgan fikrlari haqida to‘xtalib o‘tildi. Mutaxassislar tomonidan birja savdolarida ishtirok etish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri