Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilar forumida 250 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda
16:37 / 2020-01-18

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro forum haqida avval ham xabar bergan edik.


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan xalqaro forum haqida avval ham xabar bergan edik.

17-yanvar kuni dunyoning 32 davlatidan tashrif buyurgan forum ishtirokchilari Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilar forumi oʻz ishini davom ettirmoqda.

photo5267267469008022577.jpg

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Xalqaro isteʼmolchilar konfederatsiyasi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Yevropa va Osiyo qitʼalaridagi 32 ga yaqin davlatdan sohada faoliyat olib borayotgan 250 dan ziyod mutaxassis ishtirok etmoqda.

Samarqand shahridagi “Registon Plaza” mehmonxonasining anjumanlar zalida boʻlib oʻtgan plenar sessiyalar davomida “Elektron tijorat va raqamli tovarlar savdosi sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish” va “Barqaror isteʼmol madaniyati” kabi mavzular muhokamalar markazida boʻldi.

photo5267267469008022572.jpg

Forumdan koʻzlangan maqsad isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli institutlari yetakchi vakillari, davlat va jamoat arboblari, yetakchi ekspertlar ishtirokida sohaning dolzarb muammolari, yangicha tamoyillar, elektron tijorat va turizm sohalarida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama etish, globallashuv sharoitida yoʻnalishga doir xalqaro hamkorlik istiqbollarini belgilab olish, oʻzaro tajriba almashish, muhim taklif, tashabbuslarni ilgari surishdan iborat.

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2019-yilda xalqaro isteʼmolchilar 100 ga yaqin arizalar kelib tushgan.