Mamlakat iqtisodiyoti barqaror bo‘lsa, investitsiya oqimiva taraqqiyot tezlashadi, ish o‘rni ko‘payadi. Yil boshidan sanoat mahsulotlari hajmi 460 trln so‘mni, eksport 16.9 mlrd dollarni tashkil etdi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi o‘sish dinamikasi birinchi yarim yillikda 3 mln 44 ming ish o‘rnining yaratilishiga zamin bo‘ldi.
Bu ish o‘rinlari qanday tashkil etildi va qaysi sohalar hissasiga to‘g‘ri kelgani barchamizga qiziq albatta. Ushbu savollarga javob topish maqsadida Bandlik vazirligi departament direktori Murod Muhammadiyevga yuzlandik.
- 3 milliondan ziyod ish o‘rni yaratilishida qaysi sohalarga ko‘proq urg‘u berildi?
- Yil boshida muhtaram Prezidentimizning qarorlari bilan 5.2 mln aholini daromadli ish o‘rni bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan edi. Vazirlik, idoralar, hududiy hokimliklar, tijorat banklari bilan birgalikda ko‘rilgan choralar natijasida o‘tgan birinchi yarim yillikda 3 mln nafardan ortiq aholi vakillari daromadli ish bilan ta’minlandi. Bu boradagi ko‘rsatkichlarimiz hududlar, tarmoqlar kesimida ham to‘liq, ortig‘i bilan bajarildi. Ayniqsa, aholini doimiy ishga joylashtirish 661 ming nafarni tashkil etdi yoki tadbirkorlikka jalb qilish 1mln 119 ming bo‘ldi. Shuningdek, investitsiya yo‘nalishlarida 168 mingdan ortiq hamda qurilish sohasida 137 mingdan ziyod ish o‘rni tashkil etilib, aholi bandligi ta’minlandi.
Albatta bu juda katta raqamlar. O‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi mumkin: “Respublikamizda 800 ming ishsiz bo‘lsa, nega 3 mln aholi ish bilan ta’minlanadi?” deb. Oldingi yillarda ham bu ishlar amalga oshirilgan. Lekin bu yildan boshlab yaratilayotgan ish o‘rinlarining sifatiga asosiy e’tibor berildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/E7CFAXdEqS4" title="Birinchi yarim yillikda 3 milliondan ortiq ish o‘rni yaratildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA