French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi vodorod avtobusi Praga ko‘chasiga chiqdi
16:31 / 2023-07-19

Praga yo‘llarida ilk suv avtobusi paydo bo‘ldi. Ushbu mashina yonilg‘i sifatida vodoroddan foydalanadi.

“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, shahar hokimiyati ushbu innovatsion ishlanmani ikki yil davomida sinovdan o‘tkazadi. Vodorod avtobusi ham, qaysidir ma’noda, elektr avtobus ma’nosini anglatadi, faqat qayta quvvatlantirishni talab qilmaydi. Bunda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun sof vodorod bilan to‘ldirilgan yonilg‘i hujayrasi qo‘llanadi. Past platformada ishlab chiqarilgan avtobus shovqinsiz harakatlanadi.  

Birinchi Praga suv avtobusini poytaxtning Janubiy shahar va Barrandov tumanlarida uchratish mumkin. Yo‘nalish uzunligi 20 kilometr. Yo‘lning bir qismi nisbatan tekis, ikkinchisi esa tik qiyalik. Bu elektr avtobus tog‘li hududda ko‘proq energiya sarflaydi. Shuning uchun vodorod texnologiyasini dizel yoqilg‘isi va elektr energiyasi ko‘p iste’moli mavjud joylarda sinab ko‘rish tavsiya etilmoqda.  

Iyul oyida avtobus faqat muayyan soatlarda, avgustdan boshlab esa kun bo‘yi ishlashi ko‘zda tutilyapti.