Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Birinchi rezinotexnika zavodi” 2023 yilda 1,2 mln. dona avtomobil shinasi yetkazib beradi
13:39 / 2021-04-17

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimidagi korxona-tashkilotlar faoliyati bilan jurnalist va blogerlarni yaqindan tanishtirish maqsadida “Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur tashkil etildi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2014 yilda tashkil etilgan. 2018 yilda avtomobil va qishloq xo‘jaligi shinalari, rezina-mato va rezina-simli konveyer lentalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Shinalar va konveyer lentalarini ishlab chiqarish zavodi Germaniya, Gollandiya, Italiya, Yaponiya va Xitoydan keltirilgan eng zamonaviy uskunalarga ega. Zavodning rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvati 3.0 million dona avtomobil shinasi, 200 ming dona qishloq xo‘jalik shinasi va 100 ming pogon metr konveyer lentani tashkil etadi.

bugungi kunda “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning ishlab chiqarish va ofis maydoni 30 gektarni tashkil etib, mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis mehnat qilmoqda. Zavod uskunaning estetik parametrlari va ishlash qulayligiga alohida e’tibor beradi, ammo birinchi o‘rinda har doim mahsulot sifatini saqlash turadi. Shina va konveyer lentalarining har bir turi sifat bo‘limidan tashqari mutaxassislar tomonidan tekshiriladi va laboratoriyada yaxshilab sinovdan o‘tkaziladi. 2019 yildan bugungi kunga qadar korxona tomonidan umumiy qiymati 266 mlrd. so‘m bo‘lgan 704,1 ming dona avtomobil shinasi, 16,9 ming dona qishloq xo‘jaligi shinasi va 72,9 ming pogon metr konveyer lentasi ishlab chiqarildi.

Umuman, “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJning ishlab chiqarish imkoniyatlari 58 standart o‘lchamdagi avtomobil shinalarini ishlab chiqarish imkonini beradi, ulardan 39 tasi 2020 yilda o‘zlashtirilgan xalqaro standartlarga javob beradigan mutlaqo yangi standart o‘lchamlardir.

Zavod mahsulotlari mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan barcha o‘lchov va texnik sinovlarda o‘z sifatini namoyish etdi.

2023 yilga kelib zavodda “UzautoMotors” AJga 7 turdagi 37,4 mln. dollar qiymatidagi 1,2 mln. dona avtomobil shinalari yetkazib berish rejalashtirilgan.

2021 yilda korxona tomonidan umumiy qiymati 538,6 mlrd. so‘m bo‘lgan 1,6 mln. dona avtomobil shinasi, 30 ming dona qishloq xo‘jaligi shinasi va 73,5 ming pogon metr konveyer lentasi ishlab chiqarilishi va shu bilan birgalikda jami 47 turdagi yangi turdagi xaridorgir mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirish rejasi 40 foizga yetkaziladi.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan avtomobil shinalari respublika hududiga import qilinayotgan aksariyat mahsulotlardan sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori turib, narx jihatidan ularga nisbatan arzon. “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ konveyer lentalari mahalliy gigantlarning ishlab chiqarish sikllarida kuchli o‘rnini egalladi va sifat xususiyatlari va chidamliligi bilan mashhur.

Press-tur so‘nggida jurnalist va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA