French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Birinchi professional vokal maktabi – «Piyazov akademiyasi»da italiyalik operachilar ham dars beradi
15:49 / 2023-10-03

Toshkentdagi "Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi"da O‘zbekistondagi birinchi professional vokal maktabi – «Piyazov akademiyasi»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda akademiya badiiy rahbari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazov maktab haqida umumiy ma’lumot berdi.

– Aslida, mazkur akademiyani ochish g‘oyasi ikki yil oldin paydo bo‘lgandi, – dedi Jenisbek Piyazov. – Akademiyada uchta yo‘nalish bo‘yicha dars o‘tiladi. Birinchisi, klassik yo‘nalish – opera hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda 10 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Ikkinchisi, estrada va maqom yo‘nalishidir. Uchinchi yo‘nalish esa suxandonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, gapirganda tez charchab qolmaslik, ovoz texnikasi o‘rgatiladi.

Ta’kidlash joizki, «Piyazov akademiyasi»da italiyalik taniqli operachilar ham dars beradi. Shuningdek, har yili bir yoki ikkita o‘quvchi grant asosida Italiyaga o‘qishga yuboriladi.

Qolaversa, 40 kishidan iborat «Bravo» orkestri ham akademiya bilan hamkorlik qilishi kutilmoqda.

A.Rustamov, O‘zA